top of page

Samarqandda “O‘quv markazlari forumi” o‘tkazildi


ree

Samarqand viloyatida ta’lim sohasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “O‘quv markazlari forumi” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyatdagi turli o‘quv markazlari rahbarlari, tajribali mutaxassislar hamda yoshlar ta’limi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.


Forum zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quv markazlari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish va yoshlar uchun sifatli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi.

ree

Tadbir davomida quyidagi dolzarb masalalar muhokama markazida bo‘ldi:


O‘quv markazlari faoliyatiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish

“2+6” dasturi hamda “Ko‘mak” loyihalari doirasida hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish

Ta’lim xizmatlarida zamonaviy sifat standartlarini amaliyotga tatbiq etish


Forum ishtirokchilari o‘zaro tajriba almashib, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdilar.


Mazkur forum hududda ta’lim tizimini yanada mustahkamlash, yoshlarning bilim olishi uchun qulay muhit yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

ree

 
 
 

Comments


bottom of page