Innovative Centre: Yangi Yutuqlar Prezident E’tiborida
- I am
- Aug 23
- 1 min read

Innovative Centre (Innovatsion Maskan) NTM rahbari Soliyev Muxammadxon markaz faoliyati haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tanishtirdi va davlat rahbaridan iliq fikrlar oldi.
Suhbat davomida O‘zbekistonning ta’lim salohiyati va ta’lim eksporti, hamda mamlakatimizni aynan Innovative Centre NTM kabi tashkilotlar orqali Markaziy Osiyo ta’lim xabiga aylantirish mumkinligi ta’kidlandi.
Shuningdek, so‘nggi yilda Rossiya, Qozog‘iston, Eron, Pokiston va Xitoydan jami 200 nafarga yaqin talabalar bizning xalqaro imtihonlarni topshirgani, bu esa mamlakatimiz turizmiga ham sezilarli darajada hissa qo‘shayotgani qayd etildi.
Markazimiz rahbari yaratilgan barcha imkoniyatlar uchun davlatimiz rahbariga soha vakillari nomidan minnatdorlik bildirdi va Prezidentdan iliq tilaklar qabul qildi.
Videoni ijtimoiy tarmoqlarimizda tomosha qiling:








.png)
















Comments