top of page
round corner.png
Linguaskill logo.png
round corner.png

Linguaskill - bu sun'iy intellekt texnologiyasi asosida ishlaydigan nomzodlarning ingliz tili darajasini tekshirishga yordam beradigan tez va qulay onlayn test. U barcha to'rtta til ko'nikmalarini - gapirish, yozish, o'qish va tinglash tushunishni sinovdan o'tkazadi.

 

Linguaskill imtihonining boshqa imtihonlardan afzalliklari: A1 darajadan to C1 darajagacha xalqaro Cambridge sertifikatini qo'lga kiritish imkoniyati; ushbu sertifikatning O'zbekistondagi barcha oliy o'quv yurtlari tomonidan bakalavriat yo'nalishiga qabul qilinishi; imtihon natijalarining 48 soat ichida e'lon qilinishi; boshqa xalqaro imtihonlardan arzonligi.

 Linguaskill imtihoni nomzodlarning ingliz tili bilish darajasini CEFR baholash tizimi bo'yicha quyidagicha baholaydi:

Below A1 (A1 dan past) - 82–99
A1 - 100–119
A2 - 120–139
B1 - 140–159
B2 - 160–179
C1 or above (C1 va undan yuqori) - 180+

Linguaskill imtihonida to'rt ko'nikma natijalari qo'shilib, 4 ga bo'linadi va umumiy ball chiqadi. Masalan; Siz Listeningdan - 165 ball (B2), Readingdan- 160 ball (B2), Writingdan - 159 ball (B1) va Speakingdan 156 ball (B1)ni qo'lga kiritsangiz, natijalaringiz qo'shilib to'rtga bo'linadi, ya'ni 165+160+159+156=160 ball. Shunda umumiy ball: 160 ball (B2)ni tashkil etadi. 

Linguaskill imtihoni 4 bo'limdan iborat bo'lib, imtihon 2-2.5 soat davom etadi

✔️ Reading va Listening: 60-85 daqiqa

✔️ Writing: 45 daqiqa

✔️ Speaking: 15 daqiqa

📌 Eslatib o'tamiz, Linguaskill sertifikati abituriyentlarga bakalavriat yo'nalishi uchun chet tili bo'limidan maksimal ballni qo'lga kiritish imkonini beradi.

☄️  Linguaskill imtihoniga bugun ro'yxatdan o'ting va muvaffaqiyat sari birinchi qadamni qo'ying! 

Imtihonning narxi 1,218,000 so'm. 

Bitta qisimni qayta aloxida topshiraman desangiz, narxlari quydagicha:

⚠️ Reading va Listening: 460,000 so'm. Siz jami 460,000 so'm tolaysiz ikta qisim uchun.

⚠️ Writing: 460,000 so'm.

⚠️ Speaking: 460,000 so'm.

Book an exam now.
round corner 2.png
round corner 2.png
bottom of page